Prezidentlik saylovlaridagi O‘zLiDeP nomzodi, amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev mamlakat aholisini bo‘lg‘usi saylovlarda faol ishtirok etishga chorladi. Bu haqda «Gazeta.uz» muxbiri xabar berdi.

«Vatanimizning bugungi va ertangi taqdiri, farzandlarimizning kelajagi sizlarning ushbu saylovdagi ongli ishtirokingizga, fuqarolik pozitsiyangizga bog‘liq», — dedi u.

«Butun xalqimizni kimni saylashdan qat’i nazar, o‘z pozitsiyasini ko‘rsatishga, saylovda ishtirok etishga chaqiraman», — dedi davlat rahbari.

Uning ishonch bildirishicha, bu saylov, fuqarolarning faol ishtiroki bilan Yangi O‘zbekiston, Uchinchi Renessans sari tashlangan, yana bir ulkan amaliy qadam bo‘ladi.

«Hech qachon unutmang, saylash va tanlash huquqi — Sizning qo‘lingizda. Kelajak uchun mas’uliyat esa barchamizning zimmamizda. Ana shunday buyuk hissiyot, ishonch-e’tiqod bilan harakat qilsak, bizdan xalqimiz ham, kelajak avlodlar ham, albatta rozi bo‘ladi. Yangi O‘zbekistonimiz har tomonlama taraqqiy topgan, gullab-yashnagan гў́зал mamlakatga aylanadi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.