Toshkentni Chimyon bilan bog‘lovchi yangi yo‘lda 31 avgustdan 2 sentyabrgacha transport harakati cheklanadi. Bu haqda O‘zbekiston IIV YHXBB xabar qildi.

Bu yangi barpo etilgan «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida Mustaqillik kuni nishonlanishi bilan bog‘liq. 31 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan asosiy tantanali marosimda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etadi.

Haydovchilarga Temur Malik hamda Ohangaron shoh ko‘chalari kesishmasidan boshlab «Maxtumquli-Istiqlol» avtomobil yo‘li bo‘ylab 4R-12 «Bektemir-Chorbog‘» avtomobil yo‘ligacha bo‘lgan masofani boshqa yo‘llar orqali aylanib o‘tish tavsiya qilindi.

O‘quvchilarimizning xabarlariga ko‘ra, mazkur yo‘l bo‘ylab vaqti-vaqti bilan cheklovlar o‘rnatish boshlangan.