20 avgust kuni qabul qilingan qonun [O‘RQ-709-son] bilan intellektual mulk sohasida ayrim qonunchilik hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Hujjat bilan mualliflik huquqi muallifning vafotidan keyin 70 yil davomida amal qilishi belgilandi. Ilgari ushbu muddat 50 yil edi.

Qonunga ko‘ra, tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma berilganidan so‘ng Intellektual mulk agentligi talabnoma haqidagi ma’lumotlarni veb-saytiga 1 ish kunida joylashtiradi.

Ushbu e’lon asosida manfaatdor shaxslar Agentlikka talabnoma nohalol topshirilgan ariza haqida e’tiroz bildirishi mumkin.

Qonun 21 avgust kuni e’lon qilindi va shu kundan kuchga kirdi.