Olmaliq shahrida muzqaymoqdan ommaviy zaharlanish holati bo‘lgani yuzasidan Sanitariya va epidemiologiya boshqarmasi izoh berdi, deya ma’lum qildi shahar hokimligi matbuot xizmati.

Ma’lumotga ko‘ra, Olmaliq shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasida, haqiqatan ham Z6 nafar bemor shu tashxis bilan yotqizilgan.

Ta’kidlanishicha, bugungi kun holatiga ularning 31 nafariga ahvoli yaxshi bo‘lgani sababli, uyiga ruxsat berilgan. Yana besh nafar bemor davolanishda, ahvoli o‘rtacha.

Bundan tashqari, Ohangaron shahar tibbiyot birlashmasiga shu tashxis bilan yotqizilgan 1Z nafar bemor mavjud. Ayni paytda ularning holati o‘rtacha og‘ir, muolajalar davom etirilayotgani qayd etildi.

Aniqlanishicha, haqiqatan ham, xususiy tadbirkor tomonidan ishlab chiqarilgan muzqaymoq bu vaziyatga sababchi bo‘lgan va bu tadbirkorlik subyekti Olmaliq shahrida joylashgan.

Ayni paytda vaziyat yuzasidan amaldagi qonunchilikka muvofiq tegishli xulosalar mutasaddilarga berilgan. Epidemiologik surishtiruvlar davom ettirilmoqda, deyiladi xabarda.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berishicha, Olmaliq shahrida muzqaymoqdan ommaviy zaharlanish holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 257−1-moddasi (Sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.