2 avgust kuni O‘zbekistonda 899 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. COVID-19 rasman qayd etilganlar soni jami 131 978 nafarga yetdi.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 125 572 (+844) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.


Shuningdek, 2 avgustda 7 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 893 nafarni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, SSV 2 iyuldan boshlab ayni vaqtda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni haqida ma’lumot bermayapti.

Bundan tashqari, SSVning ma’lum qilishicha, dushanba kuni 516 kishida pnevmoniya qayd etilib, jami bemorlar soni 11 883 nafarga yetdi.

Shuningdek, 3 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 79 nafarga yetdi.