Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda yozgi yengil salatlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Bodring va brinzali salat


Brinza va bodringli salat — oddiy, yengil va juda mazali yegulik bo‘lib, u har qanday dasturxonni bezaydi. Ushbu salat to‘g‘ri ovqatlanishga rioya qiladigan va parhez tutadiganlar uchun mos keladi, chunki u kam kaloriyaga ega.

Sabzavotli yorqin salat


Qizil karamning yaxshi tomoni shundaki, u deyarli har qanday salatga yorqin ranglarni qo‘shadi. Ushbu salat dasturxoningizning haqiqiy bezagiga aylanadi.

Sabzavotli yengil salat


Karam va sabzavotlarni o‘zida mujassam etgan ushbu salat — vitaminlarga juda boydir. Ayniqsa bahor faslida ko‘proq ushbu salatni tayyorlab, vitaminlarga to‘yinib olishingizni maslahat beramiz.

Makkajo‘xori va sabzavotli salat


O‘zingizni sabzi, makkajo‘xori va bodringdan iborat foydali salat bilan siylang. Bunday salat mazali va to‘yimli bo‘libgina qolmay, ko‘plab vitaminlarga ham boy.

Gruzincha yengil salat


Gruzinchadan tarjima qilinganda «ko‘klam» degan ma’noni anglatuvchi ushbu salat haqiqatdan ham juda mazali ta’mga ega va sersuv hisoblanadi. Eng asosiysi u oddiy masalliqlardan tez va oson tayyorlanadi.

Baqlajon, rayhon va yalpizli salat


Bugun bizlar xonadoningizga rayhon va yalpiz solib tayyorlanadigan betakror ta’mni ulashuvchi baqlajonli salat retsepti bilan tashrif buyuramiz.

Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauztot
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15