Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 8 iyundan kuchga kiradi:

  • 1 AQSh dollari 15,44 so‘mga pasaydi va 10 532,12 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 28,69 so‘mga ko‘tarildi va 12 808,11 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 0,59 so‘mga qimmatladi va 144,64 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollar kursi 8 so‘mga ko‘tarilib, jami 10 547 so‘mni tashkil qilgandi.