Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Muzaffar Muratovich Kamilovga O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rektori vazifasini bajarish yuklatildi, deya xabar berdi Adliya vazirligi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga 2019 yildan buyon prezident maslahatchisi Rustam Qosimov rektorlik qilib kelgan. U 7 may kuni vafot 64 yoshida vafot etdi.

Muzaffar Komilov 2018 yil aprel oyida Din ishlari qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan edi.