15 iyundan boshlab Uzbekistan Airways Moskvadagi «Domodedovo» aerportidan parvozlarni tiklaydi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi. Shu kundan boshlab «Vnukovo» aeroportiga reyslar amalga oshirilmaydi.

Parvozlarni tiklash bo‘yicha qaror avvalo qulaylikni ta’minlash va O‘zbekiston avialiniyalari reyslarida yo‘lovchilar uchun xizmat ko‘rsatish darajasini ko‘tarish uchun qabul qilindi, deyiladi xabarda.

«Uzbekistan Airways va «Domodedovo» hamkorligi aeroportga hamkor aviakompaniyalar parvozlarining keng geografiyasi va transfer reyslari hisobiga O‘zbekistonda turizmni jadal suratlarda rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni yaratadi, qayd etdi kompaniya.

«Bizning hamkorligimiz yo‘lovchilarga parvozlarga sarfalanadigan vaqt va xarajatlarni sezilarli darajada tejash uchun yangi imkoniyatlar ochadi», — dedi Uzbekistan Airways kompaniyasning Rossiyadagi vakili Akmal Jo‘rayev.

«Biz hamkorlikning yangi sahifasini ochmoqdamiz va Uzbekistan Airways kompaniyasining bozordagi pozitsiyasini mustahkamlash uchun aeroportning texnologiyalari va kompetensiyalarini qo‘llashni rejalashtirganmiz. Aminmanki, O‘zbekistonning boy tarixi va madaniyati sayyohlarning e’tiborini tortadi, aviakompaniyaning reyslaridagi qulaylik va xizmat esa «Domodedovo»dan uchun bo‘yicha tanlov foydasiga xizmat qiladi», — dedi «Domodedovo» aeroportining direktori Andrey Pavlov.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yil oktyabr oyida «O‘zbekiston havo yo‘llari»ning O‘zbekistondan Moskvaga bo‘lgan barcha reyslari «Domodedovo»dan «Vnukovo» aeroportiga ko‘chirilgan edi. Bu qaror iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq deb atalgan edi.