Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligining “Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Norma axborot-huquqiy portali xabar bermoqda.

Mazkur qaror bilan, respublika OTMlarida Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi kiritiladi. Mazkur bo‘lim bo‘lim boshlig‘i va bosh mutaxassis bilan taqdim etilgan. Bo‘lim boshlig‘i lavozimi talabalar soni 1500 kishigacha bo‘lgan OTMda nazarda tutilmagan.

Namunaviy shtatlar oliy ta’lim muasssasalarining byudjetdan tashqari mablag‘lari va to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushgan mablag‘lar hisobidan joriy etiladi.