21 maydan Toshkent metrosining Chilonzor va O‘zbekiston yo‘nalishlari yangi jadval asosida ishlaydi, deb xabar berdi «O‘zbekiston temir yo‘llari» matbuot xizmati.

Ikki yo‘nalishning ishlash tartibi vaqtincha soat 6:00 dan 23:00 gacha o‘rnatiladi (hozir — soat 5:00 dan 00:00 gacha), deya ta’kidladi kompaniya. Ushbu metro liniyalarining ish vaqtini o‘zgartirish sabablari, shuningdek, avvalgi rejimga qaytish sanasi ko‘rsatilmagan.