Hukumat qarori bilan Shuxrat Nazarov Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Shuxrat Nazarov.

Shuxrat Nazarov «O‘zavtoyo‘l» davlat aksiyadorlik kompaniyasi Moliya-iqtisodiyot Bosh boshqarmasi boshlig‘i, «O‘zavtoyo‘l» — Avtomobil yo‘llari ilmiy-tadqiqot instituti direktori, kompaniya Boshqaruvi raisining o‘rinbosari vazifalarida faoliyat yuritgan.

Shu bilan birga mazkur qaror bilan Jamshid Tursunov — qo‘mita raisining o‘rinbosari hamda Obid Adilov — qo‘mita raisining o‘rinbosari — bosh muhandisi lavozimlariga tayinlandi.