Hukumat qarori bilan Ulug‘bek Toshxo‘jayev Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazining direktori etib tayinlandi, deya xabar berdi Adliya vazirligi.

Ushbu lavozimda u fevral oyida Ichki ishlar vazirining axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan Najmiddin To‘raxo‘jayevning o‘rnini egalladi.

Ulug‘bek Toshxo‘jayev 2021 yil yanvar oyining oxiriga qadar Prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.