19 aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Uzbekistan Airways aviakompaniyasini transformatsiya qilish chora-tadbirlari taqdimoti bilan tanishdi, deya xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.


Kompaniya transformatsiyasining asosiy yo‘nalishi samaradorlikni oshirishga qaratilgan. Masalan, Uzbekistan Airways xarajatlarni 46,5 million dollarga kamaytirish kutilmoqda. Buning uchun quyidagilar rejalashtirilgan:

  • kompaniya va uning tarkibiy tashkilotlari shtatini 20 foizga qisqartirish. Bu xarajatlarni 3,9 million dollarga kamaytiradi. Muddati — 2021 yil iyul;
  • chet elda 20 ta samarasiz ofisni yopish — Rossiyadagi 15 ta ofisdan 11 tasi, shuningdek Amritsar, Mumbay, Parij, Milan, Rim, Tokio, Bangkok, Jakarta va Kuala-Lumpurdagi (3,5 million dollar). Muddati — iyun;
  • aviakompaniyaning BAA va Xitoydagi ikki mintaqaviy va asosiy vakillarining lavozimlarini bekor qilish (400 ming dollar). Muddati — iyun;
  • foydalanilmayotgan 12 ta samolyotni — beshta Il-76 va ettita Il-114 (380 ming dollar — samolyotga texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlari) ekspluatatsiyadan chiqarish. Muddati — noyabr;
  • 9 ta norentabel reyslarni bekor qilish — Parij, Rim, Milan, Amritsar, Mumbay, Bangkok, Tokio, Kuala-Lumpur va Jakartaga (12,3 million dollar). Muddati — may;
  • Rossiya, Qozog‘iston, Hindiston, Pokiston, Isroil va AQSHdagi (5 million dollar) chiptalarni sotish bo‘yicha 6 yirik agent bilan tuzilgan shartnomalarni bekor qilish. Muddati — may;
  • xorijiy agentlarning aviachiptalarni sotish bo‘yicha komissiyalarini 9 foizdan 5 foizgacha (2,9 million dollar) kamaytirish. Muddati — may;
  • tender asosida yoqilg‘i-moylash materiallarini sotib olish orqali xarajatlarni kamaytirish (18,1 million dollar). Muddati — iyun.


Aviakompaniya yo‘nalishlaridagi taqdimotga ko‘ra, 12 ta reysni to‘xtatish va Kiyevga yangi reysni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Ko‘zlangan asosiy maqsad daromadlarni yiliga 40 million dollarga oshirish. Buning uchun ommabop yo‘nalishlarga 14 ta charter reyslarni joriy etish va yangi yo‘nalishlarda yuklarni tashish, barcha ichki reyslarda onlayn ro‘yxatdan o‘tish va joy tanlash imkoniyatini yaratish rejalashtirilgan.

Yangi biznes strategiyasiga muvofiq, xizmatlarning gibrid modeliga o‘tish rejalashtirilgan bo‘lib, unga ko‘ra parvozlarning bir qismi to‘liq xizmat ko‘rsatish tashuvchisi (full service carrier), ba’zilari esa arzon narxlardagi tashuvchi tamoyili bo‘yicha amalga oshiriladi (low cost carrier). Talab katta bo‘lmagan yo‘nalishlarda quyi sinfdagi o‘rindiqlar ko‘payishi bilan biznes-klass bekor qilinadi. Loukoster aksiyalarining 51 foizini investorga sotish rejalashtirilgan.


2021 yilning uchinchi choragidan boshlab 4 ta Airbus A320 samolyotida arzon parvozlarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Uzoq masofali yo‘nalishlarni rivojlantirish uchun 3 ta Airbus A321 NEO LR samolyotlarini ijaraga berish rejalashtirilgan. Ichki reyslar sonini haftada hozirgi 17 tadan 49 taga yetkazish rejalashtirilgan.

Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida sohani raqamlashtirish, shu jumladan, «Aerolabs» onlayn xizmat ko‘rsatish tizimini va mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish uchun CRM-kompleksini joriy etish rejalashtirilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev xizmatlarning mavjudligi va sifatini oshirish orqali aholi mobilligini oshirish muhimligini ta’kidladi.