Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida 2020 yilda eng ko‘p korrupsiya holatlari kuzatilgan vazirliklar ma’lum qilindi.

Agentlik mas’ul xodimi Bekzod Rahmonovning ma’lum qilishicha, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Qurilish vazirligida 2020 yil davomida eng ko‘p korrupsiya holatlari kuzatilgan.

Shuningdek, ma’lum qilinishicha, Xalq ta’limi tizimida jami 78 mlrd so‘m moliyaviy xato va kamchiliklar, noqonuniy o‘zlashtirishlar aniqlanib, qonuniy chora ko‘rish uchun huquq-tartibot organlariga yuborilgan. Shuningdek, qonunbuzilishi holatlariga yul qo‘ygan 214 nafar mansabdor shaxsga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan, 34 nafar mas’ul mansabdor egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligida 16 mlrd so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlangan va 22 mlrd so‘m byudjet mablag‘larining maqsadsiz sarflanishi oldi olingan.