O‘zbekistonda 26 mart kuni (+186), 27 mart kuni (+194), 28 mart kuni (+196) COVID-19 ga chalingan bemorlar aniqlandi. Bu haqda SSV xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlari Qoraqalpog‘iston respublikasi (3), Andijon (1), Buxoro, (5), Jizzax (1), Qashqadaryo (3), Namangan (2), Samarqand (1), Sirdaryo (2) va Toshkent (14) viloyatlarida qayd etilgan.

Shuningdek, Toshkent shahrida 164 nafar yangi koronavirusga chalinish holatlari aniqlangan.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 80667 (+144) nafarga yetdi.

Hozirda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1243 nafar bemordan 191 nafari og‘ir, 85 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.