Prezident farmoni bilan polkovnik Shuxrat G‘ayratjonovich Xolmuhammedovga general-mayor harbiy unvoni berildi. U mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari — Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. Bu haqda «Gazeta.uz»ga vazirlik Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.

Xolmuhammedov bunga qadar mudofaa vazirining o‘rinbosari, O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining o‘rinbosari, favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari kabi lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2016 yilda «Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan taqdirlangan.

Bundan tashqari, prezidentning tegishli farmoni bilan polkovnik Shavkat Xusanbayevich Mamajonov Qurolli Kuchlari akademiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.