Avaz O‘rinboyev Farg‘ona viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot хизматихабар bermoqda.

Avaz O‘rinboyev 1999 yildan 2005 yilgacha «Asaka» Bank Oltiariq tuman bo‘limida, 2005−2011 yillarda Markaziy Bank Farg‘ona viloyat bosh boshqarmasida faoliyat yuritgan. 2011−2012 yillarda Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining Qo‘qon filialini, 2012−2015 yillarda Farg‘ona viloyati bo‘limini boshqargan.

2015−2020 yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining a’zosi bo‘lgan.