Qishning so‘nggi kunida AQSHning Los-Anjeles shahrida 78-marta «Oltin globus» mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Taqdirlash marosimi pandemiya tufayli bir vaqtning o‘zida ikkita joyda (Nyu-York va Los-Anjeles) onlayn-translyatsiya tarzida, muxlislarsiz o‘tkazildi. Sovrinlar 1944 yildan buyon 90 ga halqaro jurnalistlarning ovoz berish natijalariga ko‘ra, Hollywood Foreign Press Association (Gollivud xorijiy matbuot uyushmasi) tomonidan topshiriladi.

Bosh mukofot eng yaxshi dramatik film uchun «Oltin globus» — Xloya Chjaoning «Nomadland» («Ko‘chmanchilar o‘lkasi») filmiga topshirildi.

Kino sohasidagi «Oltin globus» sovrindorlari:

  • Drama janridagi eng yaxshi film — «Nomadland» («Ko‘chmanchilar o‘lkasi»);
  • Eng yaxshi komediya yoki myuzikl — «Borat 2»;
  • Drama janridagi eng yaxshi aktrisa — Andra Dey («The United States vs. Billie Holiday» filmidagi roli uchun);
  • Drama janridagi eng yaxshi aktyor — Chedvik Bouzman («Ma Rainey’s Black Bottom» filmidagi roli uchun);
  • Komediya yoki myuzikl janridagi eng yaxshi aktrisa — Rozamund Payk («I Care a Lot» filmidagi roli uchun);
  • Komediya yoki myuzikl janridagi eng yaxshi aktyor — Sasha Baron Koen («Borat 2» filmidagi roli uchun);
  • Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa — Jodi Foster («The Mauritanian» filmidagi roli uchun);
  • Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor — Deniel Kaluya («Judas and the Black Messiah» filmidagi roli uchun);
  • Eng yaxshi xorijiy film — «Minari» (Janubiy Koreya);
  • Eng yaxshi animatsion film — «Soul» («Qalb»);
  • Eng yaxshi rejisser — Xloya Chjao, «Nomadland» («Ko‘chmanchilar o‘lkasi»);
  • Eng yaxshi ssenariy — Aaron Sorkin, «The Trial of the Chicago 7» («Chikagodagi yettilik ustidan sud»);
  • Eng yaxshi saundtrek — Trent Reznor, Attikus Ross, Jon Batist — «Soul» («Qalb»);
  • Eng yaxshi qo‘shiq -«Io Sí (Seen)» — «La vie devant soi» («Butun hayot oldinda») filmi;

Televideniye sohasi bo‘yicha «Oltin globus» sovrindorlari:

  • Drama janridagi eng yaxshi serial — «The Crown» («Toj»);
  • Drama janridagi serialda eng yaxshi aktyor — Josh O’Konnor, «The Crown» («Toj»);
  • Drama janridagi serialda eng yaxshi aktrisa — Emma Korrin, «The Crown» («Toj»);
  • Komediya janridagi eng yaxshi serial — «Shitts Krik»;
  • Komediya janridagi serialda eng yaxshi aktyor — Jeyson Sudeykis, «Ted Lasso»;
  • Komediya janridagi serialda eng yaxshi aktrisa — Ketrin O’Xara, «Shitts Krik»;
  • Eng yaxshi telefilm yoki mini-serial — «The Queen’s Gambit» («Farzin yurishi»);
  • Telefilm yoki mini-serialdagi serialda eng yaxshi aktyor — Mark Ruffalo, «I Know This Much Is True» («Men bu haqiqat ekanligini bilaman»);
  • Telefilm yoki mini-serialdagi serialda eng yaxshi aktrisa — Anya Teylor-Joy, «The Queen’s Gambit» («Farzin yurishi»);

Maxsus sovrinlar:

  • Televideniyega qo‘shgan hissasi uchun — Norman Lir;
  • Kinematografga qo‘shgan hissasi uchun — Jeyn Fonda.