18 fevral kechasi NASA Perseverance Marsni o‘rganuvchi qurilmasi rejalashtiriganidek Marsdagi Yezero (Jezero) krateriga qo‘ndi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

AQSHning «Mars 2020» tadqiqot missiyasi Yer sayyorasidan 7 oy oldin start olgan edi. Ushbu qurilma NASA tarixidagi beshinchi shunday qurilma hisoblanadi. Uning vazifasi Mars sayyorasidan grunt (tuproq) namunalarini olib kelish. Shuningdek, qurilma ichiga Mars atmosferasidan kislorod oluvchi moslama va ilk bor o‘zga sayyora yuzasida parvoz qilishi rejalashtirilgan «kosmik vertolet» o‘rnatilgan.

AQSH prezidenti Jo Bayden o‘z Twitter’i orqali NASA’ni ushbu tarixiy voqea bilan tabrikladi.