Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, Alisher Melsovich To‘rayev qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari — Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktori lavozimiga tayinlandi.

Alisher To‘rayev 1961 yilda tug‘ilgan, mutaxassisligi bo‘yicha biolog-genetik, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti tugallagan.

Vena universiteti, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida, Rossiya Federatsiyasi Fizika — texnika institutida faoliyat yuritgan.

2019 yilning iyun oyidan buyon Toshkent davlat agrar universiteti, «Qishloq xo‘jaligi ekinlari genetikasi, seleksiyasi va urug‘chiligi» kafedrasi professori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

13 yanvar kuni qishloq xo‘jaligi vazirining ikki nafar o‘rinbosari Saidkamol Xodjayev hamda Botirjon Sulaymonov lavozimidan ozod etilgan edi.