2021 yilning 16−18 fevral kunlari Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Tojikiston, Turkmaniston va Qozog‘iston Respublikasiga amaliy tashrif bilan boradi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tashrif mobaynida uchta mamlakatning tashqi siyosiy mahkamalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Muzokaralar chog‘ida mintaqaviy hamkorlikning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari, shuningdek, Markaziy Osiyoning global iqtisodiy jarayonlar va transport yo‘laklariga integratsiyasi masalalari muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan, deyiladi xabarda.