Prezident farmoyishi bilan Baxodir Matlyubov IIV Akademiyasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

U ushbu lavozimda 2016 yildan buyon faoliyat yuritgan.

Shu bilan birga, prezident qaroriga muvofiq Rustam Xatamov IIV Akademiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi va ichki ishlar vazirining o‘rinbosari — Kadrlar bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.