Koronavirusga qarshi kurashish maxsus komissiyasi yig‘ilishida, koronavirus infeksiyasiga qarshi emlashni o‘tkazish algoritmi va alohida tartibini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berildi. Bu haqda SSV xabar berdi.

Koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash faqatgina ixtiyoriylik tamoyili asosida amalga oshiriladi.

Shuningdek, birinchi navbatda koronavirus yuqish xavfi darajasi yuqori bo‘lgan quyidagi shaxslarni emlash nazarda tutiladi:

  • 65 yoshdan oshgan qariyalar va keksalar;
  • surunkali kasalliklari bor shaxslar;
  • tibbiyot xodimlari;
  • maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda oliy ta’lim muassasalari xodimlari;
  • aholi bilan bevosita muloqotga kirishadigan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari.