Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga 2020 yil yakuniga ko‘ra eng yirik soliq to‘lovchi kompaniyalar haqida ma’lumotni taqdim etdi.

2020 yil yakunlariga ko‘ra, respublika bo‘yicha soliq tushumlari jami 103,6 trln so‘mni tashkil etgan. Shundan 67,7 trln so‘m aynan yirik soliq to‘lovchilar tomonidan amalga oshirilgan. O‘tgan yilgi soliq tushumlarining 65% 836 ta yirik soliq to‘lovchidan tushgan.

Joriy yildan yirik soliq to‘lovchilarning umumiy soni 1 120 taga yetgan.

2020 yil yakuniga ko‘ra eng ko‘p soliq tushumlarini amalga oshirgan yirik soliq to‘lovchilar top 10 taligi e’lon qilindi:

  1. «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasi
  2. «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ
  3. «O‘ztransgaz» AJ
  4. «O‘zbekneftgaz» AJ
  5. «O‘ZBAT» AJ QK
  6. «Lukoil»
  7. "O‘zavto Motors" AJ
  8. «O‘zbektelekom» AJ
  9. «Hududgazta’minot» AJ
  10. Buxoro neftni qayta ishlash zavodi MCHJ