Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi mulkka qarshi jinoyatlar va giyohvand moddalar savdosida ayblanayotgan o‘n nafar O‘zbekiston fuqarosini jinoiy javobgarlikka tortish uchun O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlariga topshirdi, deya xabar berdi Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturas.

Tojixujayev A’zamxon aldov yo‘li bilan pul mablag‘larini o‘zlashtirganlikda, jabrlanuvchiga 27 ming AQSH dollari miqdorida zarar yetkazganlikda ayblanmoqda.

Siddiqov Tolib 2018 yil may oyidan iyun oyigacha Samarqand viloyatining Qo‘shrabod tumanida ishga joylashishda ko‘maklashish bahonasida 19 nafar fuqaroning mablag‘larini egallab olganlikda va ularga 500 dan 1000 dollargacha moddiy zarar yetkazganlikda ayblanmoqda.

Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Mashrapov Baxtiyorni ekstraditsiya qilish to‘g‘risidagi so‘rovini qanoatlantirdi.

Mashrapov takroran xavfli jinoyat sodir etganligi sababli, 2018 yil 5 mayidan 24 iyunigacha bo‘lgan davrda, Farg‘ona hududida, aldov yo‘li bilan 1450 AQSH dollari miqdoridagi mablag‘ni o‘zlashtirib olganligi aniqlandi.

Farg‘ona viloyati Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudining hukmi bilan Mashrapov Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismining «b» bandi (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish) bilan sudlangan, unga 2 yil 11 oy 8 kun ozodlikni cheklash mahrum jazosi berilgan va 25 836 000 so‘m miqdorda jarimaga tortilgan.

Qonunbuzar shaxs jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlaganligi sababli,Farg‘ona viloyati Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudining yildagi qaroriga binoan, jazoning o‘talmagan qismi miqdorida xuddi shu muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirildi va qidirilayotganlar ro‘yxatiga kiritildi.

Ushbu fuqarolar turli vaqtlarda Rossiya Federatsiyasi hududida hibsga olingan. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ularni ekstraditsiya qilish to‘g‘risida tegishli so‘rovlar tayyorladi.

Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasining ekstraditsiya qilish to‘g‘risidagi qarorlari kuchga kirgach, fuqarolar maxsus konvoy hamrohligida O‘zbekistonga yetkazildi.