Prezidentning 29 yanvardagi farmoni bilan Doniyor Baxtiyorovich Kadirov prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Shunga ko‘ra, Kadirov ichki ishlar vazirining transport va turizm ob’ektlarida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Doniyor Kadirov. Foto: IIV.

Mazkur lavozimda ishlab kelayotgan Ulug‘bek Shuxratovich Tashxodjayev esa boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan maslahatchi o‘rinbosarligidan ketdi. Hozirga uning qayerga o‘tayotganiga aniqlik kiritilmadi.

Eslatib o‘tamiz, bunga qadar Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev lavozimidan ozod etilgan edi.