Jons Xopkins universiteti (AQSH) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 100 mln 248 mingdan oshdi.

Eng ko‘p zararlanganlar AQSH (25,4 mln), Hindiston (10,6 mln), Braziliya (8,9 mln), Rossiya (3,7 mln), Buyuk Britaniya (3,7 mln), Fransiya (3,1 mln) va Ispaniya (2,6 mln) mamlakatlariga to‘g‘ri kelmoqda.

Hozirgacha COVID-19 dan tuzalganlar soni 55,3 mln dan oshgan. Ushbu virus sabab vafot etganlar soni esa 2 mln 156 mingdan ko‘proqni tashqil qilmoqda.

Shuningdek, bir kun oldin Indoneziyada koronavirus bilan kasallanganlar soni milliondan oshdi va bunday mamlakatlar soni 19 taga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyi boshida dunyo bo‘yicha COVID-19 bilan kasallanganlar soni 85 milliondan oshgani haqida xabar bergan edik.