Tarixdagi eng keng masshtabli vaksinatsiya kampaniyasi boshlanganidan buyon dunyo bo‘ylab jami 49 mamlakatda 35 mln kishi koronavirusga qarshi emlandi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Pfizer/BioNTech vaksinasini qo‘llash bo‘yicha ruxsat berilgach Shimoliy Amerika, Yevropa va Yaqin Sharqdagi bir qator mamlakatlarda ommaviy emlash jarayoni boshlab yuborildi. Shuningdek, Moderna vaksinasi 95% samarali deb topildi, AstraZeneca/Oxford vaksinasi ham Buyuk Britaniyada ommaviy qo‘llash uchun tasdiqlandi. Keyinchalik Xitoy ham Sinopharm vaksinasini qo‘llashga ruxsat berdi va fevral oyigacha 50 mln kishini emlashni rejalashtirgan.

(Yashil rangda ko‘rsatilgan mamlakatlarda vaksinatsiyaga start berilgan)

Hozirda AQSHning o‘zida 12 mln ga yaqin inson virusga qarshi emlangan. Isroil esa 2,2 mln kishini emlagan, ya’ni bu har yuz kishining 24 nafari vaksina qilinganligini anglatadi.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda O‘zbekistonda Xitoyning ZF 2001 vaksinasining uchinchi bosqich sinovlari o‘tkazilmoqda.