Prezidentning tegishli qarori bilan Fazliddin Umarov Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari va qo‘mita huzuridagi Kadastr agentligi direktori vazifasiga tayinlandi.

Tayinlovdan avval u Davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.


Xalilillo To‘raxo‘jayev

Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari — Kadastr agentligi direktori Xalilillo To‘raxo‘jayev boshqa lavozimga o‘tishi munosabati bilan o‘z vazifasidan ozod etildi.