12 yanvar soat 10:00 larda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani Do‘stlik mahallasida yashovchi besh kishilik oila is gazidan zaharlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga ma’lum qildi.

D.J.(1986 y.t.), uning turmush o‘rtog‘i S.O.(1991 y.t.), voyaga yetmagan farzandlari S.P. (2012 y.t.), M.P.(2016 y.t.) va Sh. P.(2019 y.t.) yashash uyi xonasida is gazidan zaharlanish alomatlari bilan yaqin qarindoshlari tomonidan topilgan.

Oqibatda voyaga yetmagan S.P., M.P. va Sh. P. hodisa joyida vafot etgan. Hozirda D.J. va S.O.ga zarur tibbiy muolajalar ko‘rsatilmoqda.

Shu bilan birga, «Xududgazta’minot» kompaniyasi matbuot xizmati va Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi «Gazeta.uz» ga noma’lum etimologiyadan zaharlanish bo‘lganini aytdi. Tekshiruv davomida bu is gazi emasligi aniqlangani ma’lum qilindi.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.