Rashidova Gulzoda Ataxanovna aksiyadorlik tijorat Xalq banki Boshqaruvi Raisining ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Gulzoda Rashidova shu kunga qadar AT Xalq bankining Toshkent viloyati Chirchiq filiali boshqaruvchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, Senat raisi Tanzila Narbayeva Xalq banki boshqaruviga ayollarning jalb etilishiga to‘xtalib o‘tgan edi. «Xalq banki raisining o‘rinbosari ayol bo‘ladi. Undan tashqari har bir viloyatdagi xalq banki raisi yoki rahbari ham ayol bo‘lishi mumkin», — deya ta’kidlagan edi Tanzila Narbayeva.