2020 yilda O‘zbekistonda yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga eng ko‘p qo‘yilgan ismlar Soliha va Muhammadali bo‘ldi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

2020 yilda 18616 qizga Soliha ismi va 19393 o‘g‘il bolalarga Muhammadali ismi berilgan.

Ushbu ismlar 2019 yilda ham eng mashhur ismlar bo‘lgan (mos ravishda 12461 va 11305 chaqaloqlarga qo‘yilgan).

2018 yilda eng mashhur ismlar Soliha va Mustafo, 2017 yilda esa Madina va Azizbek bo‘lgan edi.