«Davlat ishtirokidagi aksariyat korxonalar moliyaviy beqarorligi sababli u uchun og‘ir yuk bo‘lib qolmoqda», — dedi prezident Shavkat Mirziyoyev 29 dekabr kuni parlamentga murojaatida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kelgusi yilda Navoiy kon-metallurgiya kombinati, «O‘zbekneftgaz», «O‘zbekgidrogeologiya», «O‘zavtosanoat» xalqaro moliya bozoriga kirib, mablag‘larni davlat kafolatisiz jalb qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

2021 yilda 32 ta yirik korxonalarni strategik ahamiyatga ega bo‘lgan tarmoqlarda o‘zgartirish amalga oshiriladi.

Shuningdek, bank operatsiyalarida raqamli texnologiyalarni keng joriy etishga e’tibor qaratiladi. «Biz „Sanoatqurilishbank“, „Asaka bank“, „Ipoteka-bank“, „Aloqa bank“, „Turon bank“ va „Qishloq qurilish bank“ ni xususiylashtirishga tayyorlaymiz», — dedi prezident.

Kamida bitta yirik bankdagi davlat ulushi to‘liq strategik investorlarga sotiladi, dedi Shavkat Mirziyoyev. Shu munosabat bilan Yevropaning yetakchi banklari bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Kelgusi yilda «Farg‘onaazot» va Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi, Coca-Cola Ichimligi, «Bildirsoy» va «Chorvoq» sanatoriyalari, «Ichan kal’a» va Hyatt Regency mehmonxonalari, «Poytaxt» biznes-majmuasidagi, shuningdek alkogol, yog‘ va moy sanoatining 83 yirik korxonalari va boshqa tarmoqlardagi davlat ulushlari savdoga qo‘yiladi.

Umuman olganda, yaqin ikki yil ichida davlat ishtirokidagi korxonalar soni kamida 3 baravar kamayadi.