Jons Xopkins universiteti (AQSH) ma’lumotlariga ko‘ra, Dunyo bo‘ylab hozirgacha 78,6 mln inson koronavirus bilan kasallangan. Buning oqibatida vafot etganlar soni 1,73 mln dan ortiq. 44,2 mln nafar bemor esa COVID-19 dan to‘liq tuzalgan. Bu dunyo aholisining 1% dan ortiq qismi koronavirus bilan kasallanganini anglatadi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Ukraina va Peru mamlakatlarida ham koronavirus yuqtirganlar soni milliondan oshgan. Eng ko‘p bemorlar AQSH (18,4 mln nafar), Hindiston (10,1 mln) va Braziliyada (7,3 mln) qayd etilgan.

COVID-19 bilan kasallanganlar soni milliondan oshgan davlatlar ro‘yxatini Rossiya (2,9 mln), Fransiya (2,5 mln), Buyuk Britaniya (2,1 mln), Turkiya (2 mln), Italiya (1,9 mln), Ispaniya (1,8 mln), Germaniya (1,6 mln), Argentina (1,5 mln), Kolumbiya (1,5 mln), Meksika (1,3 mln), Polsha (1,2 mln) va Eron (1,1 mln) kabi davlatlar to‘ldirib turibdi.