SSV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Ispaniyaning Balear universiteti ADEMA stomatologiya ta’lim dargohida Toshkent davlat stomatologiya institutining filiali tashkil etiladi.

Ispaniya sog‘liqni saqlash vaziri P.Gomes, Palma de Mayorka shahri meri X.Xila, Balear universiteti prezidenti D.Karassko, Ispaniyaning O‘zbekistondagi faxriy konsuli Karlos Martines va Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori Nodir Haydarov tomonidan bu to‘g‘risida kelishuv imzolandi.

Kelishuvga ko‘ra, har ikkala oliy ta’lim muassasasi tomonidan yiliga 30 nafar pedagoglar dars mashg‘ulotlariga jalb etiladi, stomatologiyaning oltita yo‘nalishi bo‘yicha ispaniyalik mutaxassislarni qayta tayyorlanadi va malaka oshirishi uchun kurslarda o‘qitiladi.

Bu O‘zbekiston OTMlarining rivojlangan Yevropa davlatlaridagi ilk filiali hisoblanadi.