Surxondaryo viloyatidagi «Kampirtepa» arxeologik yodgorligining qadimgi devori buzilganligi to‘g‘risida Madaniyat vazirligi rasmiy муносабатбилдирди.

Manbalarga ko‘ra, 2020 yilning noyabr oyida kuchli yomg‘irlar yog‘ishi natijasida ushbu qal’a janubiy-g‘arbiy devorining o‘rta qismi konservatsiya qilinmaganligi sababli qulab tushgan.

Ammo akademik, tarix fanlari doktori E.V.Rtveladzening ta’kidlashicha, qal’adagi ko‘chani bunday buzilishi o‘tgan yili ham bo‘lgan va bu yil devor buzilishida ham takrorlangan, bu ataylab qilingan. U noyabrda yodgorlikka tashrif buyurganida, hech narsa buzilmaganligini aytdi.

Madaniy meros departamenti Bosh prokuraturaga tekshiruv o‘tkazish to‘g‘risida murojaat qiladi.

Restavratsiya ishlarini bahorda boshlash uchun devorning buzilgan qismini mustahkamlovchi vositalar yordamida qalin plyonka bilan yopish va 2021 yilda ta’mirlanadigan moddiy meros ob’ektlari dasturiga kiritilishi ham ko‘zda tutilgan.