Psixologik test va suhbatlar orqali sudyalarning dunyoqarashi, sudda bo‘ladigan turli holatlarga chidamliligi, vaziyatga baho berish ko‘nikmasi, hatto ichkilikka va korrupsiyaga moyilligi haqida tavsiyaviy xarakterdagi xulosalar olinadi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi raisi Xolmo‘min Yodgorov matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, sudyalar faoliyatini baholash bo‘yicha elektron reyting tizimini joriy qilish rejalashtirilgan. Bugungi kunga qadar ham sudyalar faoliyati har 2,5 yilda bir marta Sudyalar malaka hay’ati tomonidan 100 ballik tizimda baholanar edi.

Yangi elektron reyting natijasida sudyalar faoliyatining ochiqligi va shaffofligi ta’minlanadi hamda bu doimiy yuritib boriladi. Har bir sudya o‘z kamchilik va yutuqlarini onlayn ko‘rib turadi, deyiladi xabarda.