Uzauto Motors AJ Shveysariyaning Credit Suisse AG kompaniyasi bilan 150 mln yevrolik xalqaro sindikatlangan kredit to‘g‘risida kelishuv imzoladi. Bu haqda Uzauto Motors matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu kelishuv bo‘yicha jalb qilingan mablag‘lar UzAuto Motors AJning investitsion loyihalarini moliyalashtirish, zavodni modernizatsiya qilish va texnik jihatdan ta’minlash hamda aylanma mablag‘larini oshirishga yo‘naltiriladi.

Kompaniyaning ma’lum qilishicha, ushbu investitsion loyihalarning amalga oshirilishi kompaniyaga General Motors yangi modellarini GEM platformasida ishlab chiqarishga yordam beradi.