26 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 22:27 da Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda FVV Seysmoprognostik monitoring markazi.

Zilzila magnitudasi 5,5, chuqurligi 10 km. Zilzila epitsentridan Toshkentgacha masofa janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha 529 km.

O‘zbekiston hududida ham zilzila sezildi:

Toshkent: 529 km, 2 ball;

Namangan: 476 km, 2 ball;

Andijon: 462 km, 2 ball;

Farg‘ona: 409 km, 2 ball;

Guliston: 464 km, 2 ball;

Jizzax: 472 km, 2 ball;

Samarqand: 487 km, 2 ball;

Termiz: 345 km, 2 ball;

Qarshi: 524 km, 2 ball.