Yariyev Jonibek Muzaffarovich Mirzaobod tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zA ga viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Tayinlov bugun bo‘lib o‘tgan xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida amalga oshirildi.

U tayinlovga qadar Sirdaryo viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.