Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yashash manzili bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tganlar to‘g‘risida ma’lumotnomani [17 forma] onlayn olish imkoniyati yaratildi.

Xizmat avtomatlashtirilgan va bir zumda taqdim etiladi. Uni olish uchun elektron raqamli imzo talab etilmaydi. Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul.

Buning uchun portaldagi xizmat turlari qatoridan «Doimiy yashash joyida ro‘yxatdan o‘tib yashovchilar soni to‘g‘risida ma’lumotnoma» xizmatini tanlash lozim. Ushbu davlat xizmati orqali doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan turar joy kadastr raqamidan kelib chiqib, ro‘yxatdan o‘tib yashovchilar soni to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim etiladi.

Foto: Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali.

Xizmat Ichki ishlar vazirligi tomonidan o‘zbek va rus tillarida taqdim etiladi. Ma’lumotnomalarda noto‘g‘ri qaydlar keltirilgan holatda Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasiga murojaat qilish talab etiladi.

Avvalroq, Toshkent shahri va viloyatida doimiy ro‘yxatga olish (propiska) bo‘yicha onlayn xizmat yo‘lga qo‘yilgani xaqida yozib, xizmatdan foydalanish bo‘yicha қўлланмани e’tiboringizga xavola etgandik.