Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi vakillari 58 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bir yil davomida mehnat ekspluatatsiyasiga uchragani haqida ma’lum qildi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

Aqto‘be viloyatidagi dehqon xo‘jaligi rahbari erkakning hujjatlarini olib qo‘yib, jismoniy zo‘ravonlik bilan tahdid qilgan. O‘zbekiston fuqarosi molxonada yashab, mol boqqan.

Ushbu fakt bo‘yicha Jinoyat kodeksining 128-moddasi «Odam savdosi» bo‘yicha sudgacha tergov olib borilmoqda, deya ta’kidladi IIV vakillari brifingda.