Prezident Shavkat Mirziyoyevning «Aholining sog‘lom ovqatlanishni ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq sog‘lom ovqatlanish dasturining indikatorlari belgilandi.

2025 yilga kelib aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligini 75,1 yoshdan 76,4 yoshgacha oshirish rejalashtirilgan: erkaklar uchun — 72,8 yoshdan 74,1 yoshgacha, ayollar uchun — 77,4 yoshdan 78,7 yoshgacha. Bundan tashqari, kelgusi besh yil ichida semizligi bo‘lgan aholi ulushining o‘sishini 23,5% darajasida to‘xtatish rejalashtirilgan. Xususan, hukumat 5 yoshgacha bo‘lgan ortiqcha vaznli bolalar ulushini 4,6 dan 4 foizgacha kamaytirishni va qariyalarni 56,4 foizga to‘xtatish niyatida.

Shuningdek, 30−69 yoshdagi aholining o‘limiga sabab bo‘ladigan kasalliklar ulushining kamayishi kutilmoqda:

  • yurak-qon tomir kasalliklari — 52,8% dan 43% gacha;
  • onkologik kasalliklar — 15,1% dan 14% gacha;
  • qandli diabet — 5,7% dan 5% gacha;
  • surunkali nafas olish yo‘llari kasalliklari — 1,1% dan 0,9% gacha.

Dastur to‘rt qismdan iborat. Avvalo, normativ-huquqiy baza takomillashtiriladi va xalqaro standartlar tatbiq etiladi. Xususan, yarim tayyor mahsulotlar retseptini o‘zgartirish, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalariga binoan reklama to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirishlar kiritish, oziq-ovqat tarkibidagi tuz, shakar va yog‘ning xavfsiz miqdorini aniqlash standartlari va boshqalarni ishlab chiqish kutilmoqda.

Noto‘g‘ri ovqatlanish bilan bog‘liq kasalliklarga olib keladigan omillarni kamaytirish uchun profilaktika ishlari amalga oshiriladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan «Biz to‘g‘ri ovqatlanamiz» televizion dasturida efirga uzatiladigan xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlarini ta’minlash uchun «beshta kalit dastur»ni targ‘ib qilish rejalashtirilgan. Har bir yosh uchun optimal ovqatlanish standarti, shuningdek, aholiga vitaminlar va minerallarni bepul yetkazib berish bo‘yicha davlat dasturi ishlab chiqiladi.

Avval xabar berilaganidek, 2021 yil 1 iyuldan tarkibida tuz, shakar va yog‘ miqdori yuqori bo‘lgan mahsulotlar, shuningdek, sog‘liq uchun zararli boshqa qo‘shimchalar mavjud mahsulotlarga belgilar qo‘yish boshlanadi. Bundan tashqari, ushbu mahsulotlarning reklamasi ham chegaralanishi rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 6 noyabrdagi prezident Shavkat Miziyoyev raisligida sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inini takomillashtirish hamda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida kelgusi yil 1 iyundan boshlab 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar [6 mln nafar bola] vitaminlar va mikro-nutriyentlar bilan, 10 yoshgacha bolalar parazitlarga qarshi dorilar bilan bepul ta’minlanadi. Shu bilan birga, homiladorlar, emizikli ayollar va 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga [10 mln] yod preparatlari, 35 yoshgacha bo‘lgan ayollarga [6 mlndan ortiq] foliy kislotasi va ferrum bepul tarqatilishi haqida ma’lum qilingan edi.