English Speaking Nation: Secondary Teacher Training (ESN: STT) O‘zbekiston ingliz tili o‘qituvchilari ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha malakasini va ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida oldiga qo‘ygan umummilliy tashabbus hisoblanib, 2019-yilning noyabr oyida, O‘zbekistondagi AQSH elchixonasi, Xalkaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashlari va Xalq ta’limi vazirligi bilan yaqin hamkorlikda ishga tushirdi.

Oktabr oyida ESN xodimlari ESN: STT haqida ma’lumot almashish uchun O‘zbekistonning barcha viloyatlaridagi Xalq ta’limi vazirligining xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malaka oshirish markazlariga tashrif buyurishdi. Bugungi kunga kelib, dastur uchun 1500 dan ortiq o‘qituvchi ariza topshirgan.

ESN: STT dasturi uchun ariza 30 noyabr kuni soat 17:00 ga (Toshkent vaqti bilan) qadar qabul qilinadi. Dasturga qiziquvchi davlat maktablarida ishlayotgan ingliz tili o‘qituvchilari uchun https://www.esn-teachers.org/apply sayti orqali onlayn ariza topshirishlari tavsiya etiladi. Barcha mezonlarga javob beruvchi yarim finalchilar standartlashtirilgan institutsional TOEFL testidan o‘tishadi, ushbu test ingliz tili ko‘nikmalarini baxolaydi. Test nomzodlar uchun mutlaqo bepul bo‘lib, u Amerika Kengashlari tomonidan boshqariladi va saralash jarayonining bir qismi hisoblanadi. ESN: STT finalistlari Qo‘shma Shtatlarda xolis saralash qo‘mitasi tomonidan tanlab olinadi.

Amerika Kengashlari TESOL xalqaro uyushmasi (TESOL) va Jorj Meyson Universiteti, Ferfaks, Virjiniya, AQSH (GMU) bilan yuqori sifatli o‘qituvchi rivojlantirish kurslari va seminarlar yetkazish uchun hamkorlik qiladi. Uch yillik loyiha davomida 15,000 ingliz tili o‘qituvchilari ESN: STT malaka oshirish seminarlari va tadbirlarida ishtirok etishadi. Bundan tashqari, 400 ESN: STT o‘qituvchilari TESOL Asosiy Sertifikat dasturida (TCCP) ishtirok etishadi va tugatishganidan so‘ng TCCP sertifikatini qo‘lga kiritishadi, ushbu o‘quv hisob qaydnomasi bir kishi uchun $2000 ga baxolangan.

ESN: STT haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi manzilga tashrif buyuring: https://www.esn-teachers.org/.

Savollaringiz bo‘lsa, esn@americancouncils.org elektron pochta yoki Telegram @ESNProgram orqali dasturga murojaat qilishingiz mumkin.

Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashlari xalqaro ta’lim, akademik almashish, va til muhitini kengaytirish sohasida yetakchi hisoblanadi. Xalqaro aloqalarni va o‘zaro tushunishni professional va madaniy almashish, tilni o‘rganish, ta’limni rivojlantirish va tadqiqot orqali mustahkamlaydi.

Amerika Kengashlari 2018 yilda uning Toshkentda o‘z ofisini qayta ochdi. Ayni paytda, mamlakatda 13 ta turli dasturlardan iborat to‘plamni boshqaradi. Shu jumladan, Future Leaders Exchange (FLEX), American Windows, Uzbekistan Business Leaders (UBL), va Central Asia University Partnership Program (UNiCEN) dasturilarini ham. Amerika Kengashlari haqida ko‘proq ma’lumot olish uchun iltimos, Telegram @ACCELS dakuzatib boring yoki info.uz@americancouncils.org orqali ofisga murojaat qiling.

Reklama huquqlari asosida.