10 noyabr kuni O‘zbekiston maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin Janubiy Koreyaning «Diplomatik xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlandi.

Ushbu orden mamlakat fuqarolari va chet elliklarning diplomatik sohadagi xizmatlari, chet elda milliy obro‘sini oshirgani, shuningdek, xalqaro hamkorlik va do‘stlikdagi yordami uchun mukofotlash uchun tashkil etilgan.


Foto: MTV matbuot xizmati.

«Ushbu ko‘krak nishoni mening kelajakdagi ishlarimga yana bir rag‘bat bo‘ladi. Men bundan buyon ham ikki mamlakat ravnaqi uchun o‘zbek-koreys aloqalarini kengaytirishga o‘z hissamni qo‘shishga tayyorman», — dedi Agrippina Shin.


Foto: MTV matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, o‘tgan davr mobaynida Janubiy Koreya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik hamda Agrippina Shinning hissasi doirasida quyidagi loyihalar amalga oshirildi:

  • 2018 yilda Toshkentda Puchon universiteti ochildi;
  • 2019 yilda Nukusda «Imkon» reabilitatsiya markazi bilan ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti qurildi;
  • Koreys ta’lim modeli asosida poytaxtdagi 324-sonli eksperimental maktabgacha ta’lim tashkiloti rekonstruksiya qilindi;
  • «Booyoung Group» va «AHA» kompaniyalari maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun mablag‘ ajratdilar.

Ma’lumot uchun, «Diplomatik xizmatdagi xizmatlari uchun» ordeni 5 darajaga bo‘linadi: Kvanxva, Xinning, Sungne, Cheyn, Sukchon. Birinchi daraja, o‘z navbatida, ikki sinfga bo‘linadi. Eng yuqori daraja faqat yuqori martabali diplomatlar tomonidan taqdirlanadi. Gvanxva darajasi ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlikni kengaytirish va mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun Koreya Respublikasi prezidentining eng yuqori mukofotidir.