2016 yildan buyon Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori vazifasida ishlab kelayotgan To‘ychiyev Laziz Nodirovich O‘zbekiston prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari vazifasiga tayinlandi.

Tibbiyot fanlari doktori, professor Laziz To‘ychiyev bundan avval Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti direktori va sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari kabi mas’ul lavozimlarda mehnat qilgan.

2020 yilda «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan.