Tuxtasheva Umida Abdilovna Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari — Jamoatchilik bilan aloqalar, murojaatlar bilan ishlash va xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi, deya xabar berdi agentlik matbuot xizmati.

Umida Tuxtasheva 1978 yilda tug‘ilgan. 2003 yil Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. U tayinlovga qadar Toshkent davlat yuridik universitetining Jinoiy odil sudlov fakulteti dekani lavozimida faoliyat yuritgan.

Tal’atjon Xaydarov Soliyevich Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining o‘rinbosari — Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini tahlil va monitoring qilish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Tal’atjon Xaydarov 1980 yilda tug‘ilgan. 2001 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. U tayinlovga qadar Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining ichki xavfsizlikni ta’minlash bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Ushbu tayinlovlar prezidentning 3 noyabrdagi qarori bilan amalga oshirildi.