Tekshiruvlar davomida 300 dan ortiq soxta harbiy tavsiyanomalar aniqlandi. Bu haqda DTM direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov AOKAda o‘tayotgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, yil davomida harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasiga ega bo‘lgan jami 13107 nafar abituriyentning 1828 nafarining tavsiyanomalari qayta tekshirilgan. Qayta tekshiruv natijalariga ko‘ra, 1828 nafar abituriyentdan 1516 nafari tavsiyanomaga ega ekani, 172 nafari safarbarlik chaqiruv rezervida xizmat qilgani, 85 nafari xizmatni o‘tamagani va 55 nafari muddatli harbiy xizmatni o‘tgan bo‘lsa-da, tavsiyanomaga ega emasligi aniqlandi.

Test natijalari tahlil qilinganda, 1615 nafar abituriyentdan 128 nafari davlat grantiga, 478 nafari to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan.