Sharqshunos va turkshunos olim Andrey Kubatin 29 oktyabr kuni koronavirus asoratlari sababli vafot etdi. Bu haqda uning yaqinlari uning Facebook sahifasida xabar berishdi.

Andrey Kubatin 15 oktyabr kuni kasalxonada ekanligi haqida yozgan edi. Keyinchalik unga koronavirus tashxisi qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi.

2017 yilda olim Jinoyat kodeksining 157-moddasi (davlatga xiyonat qilish) bilan ayblanib, besh yilga (apellyatsiyagacha — 11 yilgacha) ozodlikdan mahrum qilingan edi. Ayblovga ko‘ra, u chet el olimiga noyob kitoblarning skaner qilingan nusxalarini bergan. Xalqaro inson huquqlari tashkilotlari bu ishni uydirma deb atashdi. 2019 yil sentyabr oyida olim Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudining qarori bilan reabilitatsiya qilindi.

Kubatin Toshkent davlat sharqshunoslik institutida Xitoy tarixi kafedrasida ishlagan. U Markaziy Osiyoning o‘rta asrlar tarixi, turkiy xalqlar tarixi sohasida tadqiqotlar olib borgan, shuningdek, Eron xalqlari tarixi — eronshunoslik, so‘g‘dshunoslik fanlarini o‘rgangan. «Fergana» bilan suhbatda olim o‘zining asosiy monografiyasi deb «Turk xoqonligida unvonlar tizimi: ibtido va vorislik»ni atadi.